Versalchilar — Parij Kommunasi davrida (1871) kommunarlar tomonidan Versal sh.da oʻrnashib olgan Ter boshliq hukumat va unga tobe qoʻshinlarga berilgan nom. Prussiya bosqinchilari koʻmagida V. Parij Kommunasini qonga botirganlar.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil