Vifiniya — Kichik Osiyoning shim.-gʻarbidagi tarixiy viloyat (hozirgi Turkiya-da). Mil. av. taxminan 700 yilda bu hududga frakiy qabilalardan boʻlgan vifinlar kelib joylashgan. Mil. av. VII—VI asrlarda Lidiya, mil. av. VI—IV asrlarda axomaniylar hukmronligi ostida boʻlgan. Mil. av. 297—74 yillarda mustaqil Nikomediya podsholigi (asoschisi Nikomed I nomidan). Mil. av. 74 yildan Rim, Vizantiya tarkibida. Mil. XIV asrda turklar tomonidan zabt etilgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Osiyo tarixi Turkum:Tarixiy viloyatlar