Glazov — Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasidagi shahar. Temir yoʻl stansiyasi Chepsa daryosi (Vyatkaning irmogʻi) boʻyida. Aholisi 87 ming 762 kishi (2021). Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari, mebel fabrikasi, pedagogika instituti bor. Glazov 1780-yil vujudga kelgan. Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Rossiya shaharlari