Gomeopatiya (gomeo... va yun. pathos — dard, kasallik) — pseudo-ilmiy davolash sistemasi; uxshashni oʻxshashi bilan davolash ("oʻxshashlik qonuni") degan yoʻnalish boʻlib, bunda sogʻlom kishida muayyan kasallik belgisini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan dorilarning kichik dozasi bilan bemorni davolash tushuniladi. G.ning asosiy prinsiplarini nemis vrachi S. Xanemann (1755—1843) ishlab chiqqan (1796).

Bunday vositalar ko‘pincha o‘simlik va hayvonlardan olinadi. Gomeopatik dori vositalari osonroq tushuntirganda oz-ozdan qabul qilganda davo , ko‘p miqdorda qabul qilganda kasallik qo‘zg‘atuvchi hisoblanadi. Bunday dori vositalariga :

Rengalin - quruq hamda nam yo‘talni yengillashtirish uchun.

Ergoferon - gripp va shamollashni davolash uchun

Kabilar kiradi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil