GOROVITS (Horowitz) Vladimir Samoylovich [1904.18.9(1.10), Ukrainadagi Berdichev sh,— 1989, Nyu-York] — amerikalik pianinochi. XX asrning mashhur virtuoz ijrochilaridan. Kiyev konservatoriyasini tamomlagan (1921). 1925 y.dan chet el (1928 y.dan Nyu-York)da yashagan. Ijro uslubiga tabiiy joʻshqinlik, mohirona texnika bilan birgalikda ruhiy koʻtarinkilik, jozibali nafislik xosJean-Pierre Thiollet, 88 notes pour piano solo, "Solo nec plus ultra", Neva Editions, 2015, p.50. .. Repertuaridan F. Shopen, F. List, P. Chaykovskiy, S. Raxmaninov, A. Skryabin, S. Prokofyev va b. kompozitorlarning asarlari oʻrin olgan.
Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari