Grinvich (inglizcha: Greenwich), Birlashgan Qirollikda joylashgan shahar. Ushbu shahar Temza daryosining oʻng sohilida joylashgan. Aholisi 215,3 ming kishi (1997). Shaharda Grinvich astronomiya rasadxonasi boʻlgani bilan mashhur. Grinvichdan butun dunyoda vaqt va uzunlik hisobiga asos qilib olingan grinvich meridiani oʻtadi. Shuningdek, bu yerda Milliy dengizchilik muzeyi ham mavjud.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Alfavit boʻyicha butun jahon yodgorliklari Turkum:Buyuk Britaniya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar