Grigoriy Yefimovich Grumm-Grjimaylo [1860.5(17).2, Peterburg — 1936.3.3, Sankt-Peterburg] — rus geografi, sharqshunos. Oʻrta Osiyo va Markaziy Osiyoni tadqiq qilgan sayyoh. Rossiyada xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1928). 1920—31 yillarda sobiq Ittifoq geografiya jamiyatining vitseprezidenti. 1884—87 yillarda Olay, Pomir, Tyanshan togʻlari, Qashqar, Qoraqurumga sayohat qilgan. 1889 — 90 yillarda Markaziy Osiyoni oʻrganish ekspeditsiyasiga rahbarlik qilib, tadqiqotlar olib borilgan joylarning tarixiy-etnografik tavsifini yozgan. Ekspeditsiya davrida Turfon choʻkmasi chuqurligini (— 130 m, hozirgi zamon maʼlumotlariga koʻra — 154 m) aniqladi. 1903—1914-yillarda bir necha marta Mongoliya gʻarbiga, Tuva (oʻsha vaqtdagi Uryanxay oʻlkasi), Uzoq Sharq va b. joylarga sayohat qildi va ekspeditsiyalar uyushtirdi. Asarlari tarixiy geografiya va etnografiyaga bagʻishlangan. G. nomiga Sixote-Alin togʻlaridagi dovon, Pomirda oʻzi kashf qilgan muzlik va Bogdo-Oʻla togʻidagi muzlik qoʻyilgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Sayyohlar Turkum:1860-yilda tugʻilganlar Turkum:1936-yilda vafot etganlar Turkum:3-martda vafot etganlar Turkum:Rossiya olimlari Turkum:Rossiya Imperiyasi geograflari Turkum:Sobiq Ittifoq geograflari Turkum:XIX asr geograflari Turkum:XX asr geograflari Turkum:Alifbo bo‘yicha geograflar Turkum:Alifbo boʻyicha geograflar