Nikolay Gyaurov (1929-yil 13-sentabr, Velingrad, Bolgariya — 2004-yil, 6-fevral) — opera xonandasi (bas). Bolgariya xalq artisti (1962). Parijdagi Xalqaro xonandalar tanlovi gʻolibi (1955). 1956 y.dan Yevropa va Amerika yirik opera teatrlari (mas, Moskvadagi „Katta teatr“, Milandagi „La skala“ va b.)da yakkaxon xonanda. Nihoyatda kuchli, keng va chiroyli ovoz sohibi. Eng yaxshi partiyalari: Boris, Varlaam (M. Musorgskiy, „Boris Godunov“), Ramfis, Padre Gardiano (J. Verdi, „Aida“, „Taqdir qudrati“), Don Juan, Leporello (V. Motsart, „Don Juan“), Mefistofel (Sh. Guno, „Faust“) va b.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1929-yilda tugʻilganlar Turkum:2004-yilda vafot etganlar Turkum:13-sentabrda tugʻilganlar Turkum:2-iyunda vafot etganlar