thumbnail|Daugavpils manzaralari Daugavpils () — Latviyadagi shahar, Daugava daryosidagi pristan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 97 ming kishi (2014). Kimyoviy tola ishlab chiqaruvchi birlashma, elektr asboblar, harakatlantiruvchi zanjir i.ch. zavodlari, yengil, oziq,-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari, mebel kti bor. Pedagogika instituti, badiiy-oʻlkashunoslik muzeyi, teatr mavjud. Daugavpilsga 1275 y. Dinaburg kalʼasi sifatida Livon ordeni asos solgan, 1656—67 yillarda Borisoglebsk. 1893 y.dan Dvinsk, 1920 y.dan Daugavpils deb atalgan.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Latviya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar