Dekan (lotincha decanus — oʻn boshi) — oliy oʻquv yurtida fakultet rahbari. Oʻzbe-kistonda oliy oʻquv yurti rektori buyrugʻi bilan prof. yoki tajribali dotsentlardan tayinlanadi. D. fakultetdagi oʻquv, taʼlimtarbiya va ilmiy ishlarni boshqaradi, fakultet ilmiy kengashining raisi hisoblanadi.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Taʼlim