Doʻstmuhammadxon (1790/93 -1863) - afgʻon amiri (1834-40, 1842-63), barakzoilar sulolasining asoschisi. Durroniylar davlati yemirilgach, Gʻazna va Kobul amiri (1834). Afgʻon yerlarini birlashtirish maqsadida mayda xonliklarga qarshi kurashgan. Inglizlar va afgʻonlar oʻrtasidagi urushda asir tushgan (1840 y. oxiri), Hindis-tonga surgun qilingan. 1842-yilda inglizlar urushda yengilgach, D.ni ozod qilishga majbur boʻlgan. D. qayta Af-gʻoniston taxtiga chiqqan. 1855—63 yillarda Qandahor, Hirot va mayda xonliklar (Oqcha, Qunduz, Xulm) ni oʻz davlatiga qoʻshib olgan. D. hukmronligi yillarida Afgʻoniston hozirgi chegarasigacha kengaygan.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Kishilar Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Davlat yetakchilari Turkum:Afgʻoniston Turkum:1863-yilda vafot etganlar Turkum:Birinchi ingliz-afgʻon urushi ishtirokchilari Turkum:Barakzoilar sulolasi Turkum:Afgʻoniston amirlari Turkum:19-asr afgʻon hukmdorlari Turkum:Osiyodagi 19-asr hukmdorlari Turkum:19-asr afgʻon siyosatchilari Turkum:Qandahorda tugʻilganlar