Yer osti inshootlari - yer qatlamida sunʼiy usul bilan hosil qilinadigan inshootlar. Iqlim sharoitlari qulay boʻlmagan (havo temperaturasi keskin oʻzgarib turadigan, yogʻingarchilik uzoq vaqt davom etadigan, sel koʻp boʻladigan va b.) joylarga, past-baland relyefli yerlarga Ye. o. i. quriladi. Shartli ravishda transport va gidrotexnik tunnellari, metropoliten, elektr st-yalar, baza omborlari hamda sovitkichlar, shahar xoʻjaligi obʼyektlari (yoʻlovchilar oʻtish joylari, garajlar, kollektorlar va b.), ichimlik suvi rezervu-arlari, neft va gaz omborlari, zararli i.ch. chiqindilari koʻmiladigan oʻralar, davolash muassasalari, harbiy obʼyektlar uchun quriladigan inshootlar Ye. o. i. jumlasiga kiradi. Ye. o. i. qurilishi ayniqsa kon sanoatida ancha rivojlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar