Javzo — 1) zodiak yulduz turkumlarining biri. Belgisi (lotincha ). Osmon gumbazining Shimoliy yarim sharida Saraton va Savr yulduz turkumlari Oralarida joylashgan. Eng yorugʻ yulduzlari Kastor (2-kattalikda) va Polluks (1-kattalikda). Javzoni kuz, qish va bahor paytlarida kuzatish mumkin;
2) hijriy-shamsiy yil hisobining uchinchi oyi. Eron kalendarida javzo 1925-yilgacha ishlatilgan. Afgʻon kalendarida 1911-yildan koʻllaniladi. Javzo 31 kundan iborat boʻlib, birinchi kuni 21—22-mayga toʻgʻri keladi (yana q. Burj).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Yulduz turkumlari Turkum:Yil oylari