Jiok (Gianque) Uilyam Frensis [1895-yil, 5-dekabr, Niagara-Fole (Kanada) — 1982.29.3] — amerikalik fizik-kimyogar, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1936-yildan). Kaliforniya universiteti professor (1934-yildan). Asosiy ishlari moddalarning termodinamik xossalarini, shu jumladan kondensirlangan gazlarning oʻta past temperaturalardagi xossalarini tekshirishga bagʻishlangan. Termodinamikaning 3-boshlanishini amaliy tadqiqotlar oʻtkazish natijasida tekshirgan. D. Mak-Dugal bilan hamkorlikda IK dan past temperaturalar xreil qilish va oʻta past temperaturalarni oʻlchash maqsadida adiabatik magnitsizlanish usulini ishlab chiqqan (1927). 0,5 K temperatura hosil qilishga erishgan. G. Jonston bilan hamkorlikda kislorodning “O va |8O izotoplari mavjudligini isbotlagan (1929). Nobel mukofoti laureati (1949)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilNobel mukofoti sovrindorlari.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1895-yilda tugʻilganlar Turkum:12-mayda tugʻilganlar Turkum:1982-yilda vafot etganlar Turkum:29-martda vafot etganlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari