Juvayniy, Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad al-Juvayniy (1226, Gʻarbiy Xuroson, Juvayn viloyati, Ozodvor qishlogʻi – 1283, Ar-ron) – tarixchi olim va davlat arbobi. Yoshligidan arab, fors, moʻgʻul, uygʻur tillarini mukammal oʻrgangan. Xurosondagi moʻgʻul hukmdorlari Qirkoʻz, Argun ogʻa va Huloku devonida xizmat qilgan. 1247—1253-yillarda Qoraqurum (Moʻgʻuliston)ga borgan. Elxonlarnnng Bagʻdoddagi noibi (1259—1283, tanaffuslar bilan).
Janubiy Moʻgʻuliston, Oʻrta Osiyo hamda Eronning XIII asrdagi ijtimoiysiyosiy tarixidan hikoya qiluvchi „Tarixi jahonkushoy“ (1260) nomli shoh asari bilan shuxrat topdi. Asar 3 qismdan iborat: 1) moʻgʻullar; ularning Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon davri (1246—1248) gacha, shuningdek, Joʻjixon, Chigʻatoy va avlodlarining tarixi; 2) Xorazmshoxlar va Xurosonning moʻgʻul xukmdorlari davridagi (1258-yilgacha) tarixi; 3) Hulokuxonning Eronni zabt etishi (1256—1258), shuningdek, ismoiliylar va ularning davlati tarixi batafsil bayon etilgan. Oʻrta Osiyo tarixi uchun asarning 1—2 qismlari alohida qimmatga egaOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Tarixchilar Turkum:1226-yilda tugʻilganlar Turkum:1283-yilda vafot etganlar