Immerman Karl Lebrext (1796.24.4, Magdeburg — 1840.25.8, Dyusseldorf) — nemis yozuvchisi, dramaturg , teatr arbobi. Dyusseldorfdagi teatr rahbari (1832—37). Ijodi romantizmdan tanqidiy realizmga oʻtish davrining namunasidir. Dastlab sheʼrlar yozgan ("Sheʼrlar" toʻplami, 1822). I. "Tirol fojeasi" (1827) dramasi, "Aleksey" (1833) dramatik trilogiya va "Epigonlar" (1836), "Myunxgauzen" (1838), "Esdaliklar" (1840— 43) kabi oʻtkir hajviy romanlar muallifi. Teatr boʻyicha ilmiy tadqiqotlari bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar