Ipoteka bank — Oʻzbekistondagi xorijiy investor ulushi ishtirokidagi universal bankdir. Ipoteka bank Oʻzbekiston bank tizimida jami aktivlari boʻyicha 7.1% ulush bilan 5-pozitsiyada joylashgan. Ipoteka-bank ipoteka kreditlari berish va uy-joy qurilishini moliyalash boʻyicha yetarli tajribaga ega bank hisoblanadi.

2023-yil 13-iyun sanasida OTP Bank Ipoteka bankining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalardan 73.71% sotib olib uning asosiy aksiyadoriga aylandi hamda shu sanadan boshlab Ipoteka bank rasman OTP Guruhi aʼzosiga aylandi.

Bank yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qiladi, kreditlar beradi, Oʻzbekiston va xorijga pul oʻtkazmalari xizmatlarini koʻrsatadi. Bank 39 ta filial va 200 dan ortiq bank xizmatlari markazlari orqali 1,6 milliondan ortiq korporativ va chakana mijozlarga xizmat koʻrsatadi.

Ipoteka-bank Xalqaro moliya korporatsiasi (XMK) bilan birgalikda horijiy korporativ boshqaruvni joriy qilgan.

Bank tarixi 1996-yil uy-joy bilan taʼminlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida „Toshkent uy-joy jamgʻarma banki“ tashkil etiladi.

1997-yilda uy-joy fondini moliyalashtirishni butun Oʻzbekiston miqyosida ommalashtirish maqsadida „Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki“ tashkil etiladi.

2005-yilga kelib Oʻzbekiston „Uy-joy jamgʻarma banki“ hamda „Zamin-bank“i bilan oʻzaro birlashtirilishi natijasida Oʻzbekistondagi ilk ixtisoslashtirilgan ipoteka kreditlash banki sifatida „Ipoteka-bank“ ATB tashkil etiladi.

2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Ipoteka-bankiga Oʻzbekistonda aksiyadorlik tijorat banki sifatda bank va valyuta faoliyatini amalga oshirish uchun qayta rasmiylashtirgan 74-sonli litsenziyasini beradi.

Bank Moody’s reyting agentligining B1 („Barqaror“ istiqboldagi) reytingiga ega boʻlgan Oʻzbekistondagi birinchi bank hisoblanadi.

2017-yildan 2018-yilgacha Ipoteka-banki Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan bankni institutsional oʻzgartirish boʻyicha kelishuv imzolaydi. Shundan soʻng, bank XMK ekspertlari bilan keng koʻlamli transformatsiya jarayonini boshlaydi.

2019-yilda Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan Ipoteka-bankiga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi bankning aksiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratiladi..

2020-yilga kelib, Ipoteka-banki London Fond birjasida 300 mln. AQSh dollari miqdorida xalqaro obligasiyalarini chiqaradi. Ipoteka-banki 2021-yilda yangi rivojlanish strategiyasi, biznes modelini, yangi tashkiliy tuzilmaga ega korporativ boshqaruv tizimi, risklarni boshqarish tizimi, anderrayting va turli masofaviy xizmatlarni joriy qiladi.

Shuningdek, bank Xalqaro Vena fond birjasida milliy valyutada 785 milliard soʻm (75 million AQSh dollari) miqdorida yevroobligatsiyalarni chiqargan.

OTPga sotish 2020-yil soʻngiga kelib OTP guruhi Oʻzbekiston hukumati bilan mamlakatdagi bank sektorini xususiylashtirish boʻyicha muloqotlarni boshlaydi. 2021-yil sentabr oyida, Vengriyaning „OTP Bank Grup“ kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan „Ipoteka-bank“ aksiyalarining asosiy ulushini sotib olish boʻyicha memorandum imzolaydi. 2022-yilning 12-dekabr kuni „Hilton Tashkent City“ mehmonxonasida Vengriyaning OTP banki Oʻzbekistonning „Ipoteka-bank“ aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini sotib olish boʻyicha shartnoma imzolanishiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. 2023-yil mart oyida Ipoteka banki 324 mln. AQSh dollariga sotilishi maʼlum qilinadi. 2023-yil 17-may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan biznes-forumida OTP bank bosh direktori oʻrinbosari Laslo Vulf OTP guruhi bankni ikki hafta ichida sotib olinishini maʼlum qiladi.

2023-yil 13-iyunda bankni sotib olishning birinchi bosqichi yakunlanib, OTP Bank tomonidan Ipoteka-bankning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalarining 73.71% sotib olinadi. Bankning qolgan 25% 3 yil ichida sotib olinishi rejalashtirilgan. Shu kundan eʼtiboran OTP Bank Ipoteka-bankning qonuniy nazorat organiga aylandi. Kelishuvga koʻra, OTP bank Ipoteka-bankning 73,71 foiz egaligi bilan asosiy aksiyadoriga hamda bilvosita bankka tegishli moliyaviy lizing bilan shugʻullanuvchi „Ipoteka lizing“ va sugʻurta xizmatlarini taklif qiluvchi „Imkon-Sugʻurta“ jamiyatlarining egasiga aylandi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) OTP Bank bilan hamkorlikda kelgusida Ipoteka-bankni moliyaviy va transformatsiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlashni davom ettiradi.

OTP Group

OTP guruhi Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi yuqori rentabellik hamda barqaror kapital va likvidlik pozitsiyasiga ega boʻlgan eng tez rivojlanayotgan yetakchi bank guruhlaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyoning 12 mamlakatida 41 000 dan ortiq xodimga ega boʻlgan guruh 17,5 milliondan ortiq mijozlarga universal moliyaviy xizmatlar koʻrsatadi. Markaziy va Sharqiy Yevropa bank sektoridagi eng faol konsolidator sifatida Guruh 2000-yillarning boshidan buyon 23 ta bankni muvaffaqiyatli sotib oldi va birlashtirdi. Bank hozirda Vengriya, Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya va Sloveniyada bozor yetakchisi hisoblanadi. OTP guruhi shtab-kvartirasi Vengriyada joylashgan boʻlib, mulkchilikning diversifikatsiyalangan va shaffof tuzilmasiga ega. Bank guruhi 1995-yildan Budapesht fond birjasida roʻyxatga olingan.

Bank menedjmenti Bankda Aktsiyadorlar, Kuzatuv kengashi va Boshqaruvni oʻz ichiga olgan korporativ boshqaruv tizimi mavjud.

Bank Kuzatuv kengashi tarkibida besh nafar xalqaro bank va moliyaviy tajribaga ega mustaqil aʼzolar mavjud.

Bank Kuzatuv kengashi raisi — xalqaro bank sohasida munosib tajribaga ega OTP Bank Plc Bosh direktor oʻrinbosari Laslo Vulf hisoblanadi.

„Ipoteka-bank“ Boshqaruvi raisi lavozimiga bank sohasida katta tajribaga ega Elyor Inomjonov 2021-yil 12-Fevralda tayinlangan.

Bank biznesi Ipoteka-bankning biznes tuzilmasi biznesning uchta yoʻnalishi: korporativ, kichik va chakana biznes yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilgan.

Bankning asosiy faoliyatiga kreditlash, chakana xizmatlar, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar, chet el valyutalari bilan operatsiyalar va savdoni moliyalashtirish kabilar kiradi.

Ipoteka-bank, XMK bilan uch yillik transformatsiya davomida, yangi biznes modelini yaratdi va anʼanaviy kommunikatsiyalarni mijozlarga yoʻnaltirilgan innovatsion tizim bilan almashtirdi.

Bank reytinglari Ipoteka-bank uchta yirik reyting agentliklarining quyidagi uzoq muddatli reytinglariga ega:

Fitch Ratings reyting agentligining „BB‑“ darajadagi istiqboli Barqaror reytingi,

Moody’s reyting agentligining „B1“ darajadagi istiqboli Ijobiy reytingi,

S&P Global reyting agentligining „BB‑“ darajadagi istiqboli Barqaror reytingi.

Bank aksiyadorlari 2023-yil 1-noyabr holatiga koʻra, aksiyadorlarning Ipoteka-bank ustav kapitalidagi ulushi quyidagicha: +№Aksiyadorlarning nomi (toifasi)Ustav kapitalidagi ulush, %1OTP Bank Plc.73,81%2Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi24,54%3Boshqa yuridik shaxslar (aksiyadorlar soni 4 632 ta)1,22%4Jismoniy shaxslar (aksiyadorlar soni 14 145)0,43%Ustav kapitali (aktsiyadorlarning umumiy soni — 18 779)2 989 584 338 941 Ipoteka-bankning asosiy aksiyadori Vengriyanig OTP Bank Plc. boʻlib, bankning ovoz beruvchi aksiyalarining 73,81 foiz ulushiga egalik qiladi. Bankning qolgan aksiyalari yuridik va jismoniy shaxs investorlar orasida taqsimlangan.

Bank shoʻba korxonalari 2023-yil 1-noyabr holatiga Ipotekabank ishtirok etgan shoʻba korxona va jamiyatlardagi ulushi quyidagicha: Korxona nomiKorxonadagi ulushiTashkil topgan sanasiFaoliyat doirasiDavlatBankning shoʻba korxonalardagi bevosita ulushi:Ipoteka Lizing MCHJ100%2017LizingOʻzbekistonImkon-sugʻurta MCHJ100%2019SugʻurtaOʻzbekistonBankning jamiyatlardagi ulushi:Kompaniya po refinansirovaniyu ipoteki v Uzbekistane AJ20%2020InvestitsiyaOʻzbekiston

Bank mukofotlari

Central Asia Employer Brand Award 2019 — uchta nominatsiya gʻolibi: „Yaxshi ishlar“, „Ish beruvchi imidji“ and „Yil yutugʻi“.

National News Agency Awards 2019 — nominatsiya gʻolibi: „Odamlarning turmush darajasini yaxshilashga yordam beruvchi Eng yaxshi bank“ Central Asia Employer Brand Award 2020 - nominatsiya gʻolibi: „Samaradorlikka turtki“ Uzcard Forum 2023 - nominatsiya gʻolibi: „Eng yaxshi emitent“ .

Rasmiy ilovasi Bankning rasmiy ilovasi — Ipoteka-Retail, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.https://depozit.uz/partners/banks/ipoteka-bank

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston banklari