Kapuas — Kalimantan o.ning gʻarbiy qismidagi daryo, Indoneziyada eng katta. Uzunligi 1040 km, havzasining maydoni 97 ming km. Boven-Kapuas togʻlaridan boshlanadi. Botqoqlashgan tekisliklardan oqib, Janubiy Xitoy dengiziga quyiladi. Yil boʻyi toʻlib oqadi, yogʻingarchilik mavsumlarida (aprel va noyabr oylarida) atrofdagi hududlarni suv bosadi. Oʻrtacha suv sarfi 5000 m3/sek. Quyilish joyidan boshlab 900 km masofada kema qatnaydi (orolni ichki rayonlar bilan bogʻlovchi asosiy transport yoʻli). Deltasida Pontianak porti joylashgan. Daryoda baliq ovlanadi, yogʻoch oqiziladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Indoneziyadagi daryolar