Qaratal tumani () — Almati viloyatining shimoliy qismida joylashgan. Yer maydoni 24,2 ming km2 (viloyatning 10,8 % tashkil qiladi). 1928-yil tashkil topgan. Aholisi 47,954 kishi (2013). Tuman markazi — Uchtepa shahri.
Aholisi Tuman aholisi 47,954 kishi (2013). Aholisining 48,3 %-i shaharda, 51,7 %-i qishloqlarda istiqomat qilishadi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 2 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, milliy tarkibini quyidan koʻrishingizga boʻladi: qozoqlar — 29 183 kishi (59,97 %) ruslar — 10 943 kishi (22,49 %) turklar — 12 175 kishi (5,55 %) koreyslar — 3 947 kishi (8,11 %) kurdlar — 1 880 kishi (3,88 %) chechenlar — 719 kishi (1,48 %) uygʻurlar — 471 kishi (0,97 %) olmonlar — 388 kishi (0,80 %) tatarlar — 319 kishi (0,66 %) ukrainlar — 196 kishi (0,40 %) boshqalari — 611 kishi (1,26 %) Jami — 48 663 kishi (100,00 %)
Ijtimoiy soha Tumanda 125 kishiga moʻljallangan kasalxona, shifoxona, qishloq markazlarida shifokorlik ambulatoriyalar (5) va feldsher-akusherlik punklar (17) aholiga xizmat koʻrsatadi. Taʼlim sohasida 20 oʻrta maktab, 2 maktab-gimnaziya, bolalar va yoshoʻspirinlarning sport maktabi, kasbiy-texnik va harbiy-texnik maktablar faoliyat yuritadi. Bulardan boʻlak Uchtepa bolalar uyi va bolalar bogʻchasi bor. Tumanda markaziy va 2 vedomstvo kutubxona, tuman madaniyat uyi, vedomstvo 5 madaniyat uyi va 6 klub faoliyat yuritadiJetisuv ensiklopediya. — Almati: „Aris“ nashriyoti, 2004. — 712 bet. .
Geografiyasi Tuman iqlimi keskin kontinental. Qish oyi janubi-sharqida ancha iliq, shimoliy qismida sovuq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −10-14 °C. Yoz oylarida issiq va quruq boʻladi. Iyul oyining oʻrtacha harorati 22-24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200–400 mm.
Katta qishloqalri Uchtepa shahri (22,5 ming kishi) Bastoʻbe (2,9) Koʻlpe (1,8) Janatalap (1,5) Oktabr (1,4) Yeskeldі (1,3) Yeltay (1,1)
Manbalar
Havolalar Веб-портал аппарата Акима Каратальского района Общая информация о районе на сайте Акима Алматинской области Г. Шаяхметов. Торжества в Каратальской долине Ким Герман. История иммиграции корейцев
Turkum:Almati viloyati Turkum:Qozogʻiston tumanlari Turkum:Qaratal tumani