Kioto universiteti () – Yaponiyadagi yetakchi va ikkinchi qadimiy milliy universitetlardan biri. 1897-yil Yaponiya imperatori farmoniga muvofiq, fizika-matematika va muhandislik kolleji sifatida tashkil etilgan. Filologiya, pedagogika, huquq, iqtisod, tabiiy fanlar, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, muhandislik boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kioto universitetida oʻnta bakalavriat uchun, oʻn sakkizta aspirantura uchun fakultetlar va oʻn uchta ilmiy tadqiqot institutlari tashkil qilingan. Kioto universitetida 16 mingdan ortiq talaba taʼlim oladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Osiyodagi universitetlar orasida eng koʻp Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan universitetdir.

Kampusi Kioto universitetining taʼlim va tadqiqot faoliyati Kiotodagi uchta asosiy kampusda olib boriladi. Bular: Yoshida, Uji va Katsura kampuslaridir. Kampuslarning har biri universitet ilmiy faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Kioto universiteti kampuslari boʻylab tarqalgan kutubxonalar tarmogʻi 40 dan ortiqdir. Universitet kutubxonasi 7,49 milliondan ortiq kitoblar toʻplamiga ega va bu uni mamlakatdagi ikkinchi yirik universitet kutubxonasi ekanligining isbotidir. Ushbu kampuslardan tashqari, universitet mamlakat boʻylab taʼlim va tadqiqot obyektlari va yerlarga egalik qiladi.

Manbalar

Turkum:Yaponiyadagi universitetlar