Kota-kinabalu – Malayziyadagi shahar, Sabax shtatining maʼmuriy markazi. Kalimantananing shim.-gʻarbiy sohilida. Muhim port, temir yoʻl stansiyasi, aeroport bor. Aholisi 210 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Tropik dehqonchilik rayonining savdo markazi. Baliqovlanadi. Shaharga 1899-yilda asos solingan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Malayziya shaharlari