Kuru — qad. hind qabilasi (kaurana), K. davlati tepasida turgan podshoh urugʻining nomi (K. — oy sulolasi, Samvarna hamda Quyosh qizi boʻlgan Tapatini farzandi). K.lar soʻnggi vedalar davrida hozirgi Dehli yaqinida Haryava shtatida joylashgan afsonaviy davlat Kurukshetrash istiqomat qilgan. Pan-chala urugʻi bilan ittifoq boʻlib birlashgan K.lar Ganga va Jamna daryolari oraligʻidagi deyarli barcha viloyatlar ustidan hukmronlik qilishgan. K. qabilasi miloddan avvalgi VI asrgacha siyosiy mavqeini saqlab qolgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar