Qizilbosh () — chumchuqsimonlar turkumi qiziltoʻshlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. Butun Yevrosiyoda tarqalgan, lekin eng kop tur xilma-xilligi Himolay-Sino-Tibet togʻlarida uchraydi. Oʻzbekistonda 7 turi uchraydi. Taksonomiya va sistematika Qizilbosh (Carpodacus) urugʻi 1829-yilda nemis tabiatshunosi Johann Jakob Kaup tomonidan fanga kiritilgan. 1842-yilda George Gray bu urugʻning tip turi sifatida pushti qizilboshini (Fringilla rosea) belgilagan. Urugʻ nomi qadimgi yunon tilidagi karpos — «meva» va dakos — «tishlovchi» soʻzlaridan olingan.

2012-yilda italiyalik zoolog Zuccon boshchiligi ostida chumchuqsimonlar oilasining sistematikasini aniqlashtirish bo‘yicha keng qamrovli molekulyar tadqiqot o‘tkazdilar. O‘z tadqiqotlari va boshqa olimlarning avvalgi ishlari natijalariga asoslanib, ular ushbu urugʻning tasnifiga bir qator o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildilar.

Tadqiqot natijasida Shimoliy Amerikada uchraydigan uch tur — Kassinning qizilboshi (Haemorhous cassinii), binafsha qizilbosh(Haemorhous purpureus) va uy qizilboshi (Haemorhous mexicanus) — yevrosiyo qizilboshlar bilan yaqin qarindosh emasligi va alohida guruhni tashkil qilishi aniqlandi. Shu sababli bu uch turni alohida Haemorhous urug‘iga ajratish taklif qilindi. Bu taklif Xalqaro ornitologlar ittifoqi va Amerika ornitologlar uyushmasi tomonidan qabul qilindi.

Zuccon va uning hamkasblari oddiy qizilbosh (Carpodacus erythrinus) ham qizilboshlar urugʻiga kirmasligini aniqladilar. U alvon qizilbosh (Haematospiza sipahi) bilan yaqin qarindosh bo‘lib chiqdi. Shu sababli oddiy qizilboshni Erythrina nomli, monotip urug‘ga ajratish taklif qilindi. Britaniya ornitologlar uyushmasi bu taklifni qabul qildi. Biroq Xalqaro ornitologlar ittifoqi Carpodacus urug‘ini kengroq ma’noda qo‘llashni ma’qul ko‘rdi. Natijada alvon qizilboshni o‘z ichiga olgan Haematospiza va qirilib ketgan Bonin boltatumshug‘ini o‘z ichiga olgan Chaunoproctus urug‘i ham Carpodacus urug‘i bilan birlashtirildi. Ilgari monotip Uragus urug‘iga kiritilgan sibir qizilboshi ham Carpodacus urug‘iga o‘tkazildi.

Turlari Qizilbosh urug‘i 28 turni o‘z ichiga oladi. Bir turi qirilib ketgan. Tashqi koʻrinishi Nomi Lotincha nomi Tarqalish hududi Oddiy qizilbosh Carpodacus erythrinus Osiyo va Yevropa. Alvon qizilbosh Carpodacus sipahi Himolay togʻlaridagi Hindistonning Uttarakhand shtatidan sharqqa, Nepal orqali Shimoli-sharqiy Hindistonning unga tutash togʻlari va Janubi-Sharqiy Osiyogacha, janubda Tailandgacha. †Bonin boltatumshugʻi Carpodacus ferreorostris Ogasavara orollari. Qizgʻish qizilbosh Carpodacus rubicilloides Butan, Xitoy, Hindiston va Nepal. Katta qizilbosh Carpodacus rubicilla Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston, sharqda esa Xitoygacha. Himolay qizilboshi Carpodacus grandis Afgʻonistonning shimolidan gʻarbiy Himolay togʻlarigacha. Archa qizilboshi Carpodacus rhodochlamys Afgʻoniston, Xitoy, Hindiston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Moʻgʻuliston, Pokiston, Rossiya va Tojikistonda. Himolay goʻzal qizilboshi Carpodacus pulcherrimus Xitoyning markaziy qismi va shimoliy Himolay togʻlarida. Xitoy goʻzal qizilboshi Carpodacus davidianus Xitoy. Pushti dumli qizilbosh Carpodacus waltoni Xitoyning markaziy qismi va Tibetning sharqida. Pushti qoshli qizilbosh Carpodacus rodochroa Butan, Tibet, Hindiston, Nepal va Pokistonda. Edvards qizilboshi Carpodacus edwardsii Butan, Xitoy, Hindiston, Myanma va Nepalda. Dogʻqanot qizilbosh Carpodacus rodopeplus Hindiston va Nepalda. Sharp qizilboshi Carpodacus verreauxii Xitoyning markaziy qismi va Myanmaning eng shimoliy hududlarida. Sharobrang qizilbosh Carpodacus vinaceus Nepal, Xitoy va Myanmaning eng shimoliy hududlarida. Tayvan qizilboshi Carpodacus formosanus Tayvanda. Sinay qizilboshi Carpodacus synoicus Misr, Isroil, Iordaniya va Saudiya Arabistonida. Oqish qizilbosh Carpodacus stoliczkae Afgʻoniston va Xitoyda. Tibet qizilboshi Carpodacus roborowskii Shinjon-Uygʻur avtonom rayonida. Sillem qizilboshi Carpodacus sillemi Xitoy, Yaponiya, Qozogʻiston, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya va Rossiyada. Sibir qizilboshi Carpodacus sibiricus Yaponiya, Qozogʻiston, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, Moʻgʻuliston va Rossiyada. Xitoy qizilboshi Carpodacus lepidus Xitoyda. Pushti qizilboshi Carpodacus roseus Xitoy, Yaponiya, Qozogʻiston, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, Moʻgʻuliston va Rossiyada. Uch yoʻlli qizilbosh Carpodacus trifasciatus Xitoyning markaziy qismi va Hindistonning eng shimoli-sharqida. Himolay oq qoshli qizilbosh Carpodacus thura Afgʻoniston, Butan, Hindiston, Nepal va Pokistonda. Xitoy oq qoshli qizilboshi Carpodacus dubius Xitoyning markaziy qismi va Tibetning sharqida. Qirmizi qizilbosh Carpodacus puniceus Afgʻoniston, Butan, Xitoy, Hindiston, Qozogʻiston, Nepal, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmanistonda. Qirmizi qoshli qizilbosh Carpodacus subhimachalus Butan, Xitoy, Hindiston, Myanma va Nepalda.

Turkum:Qushlar