Langar — Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi qishloq. Tumanning maʼmuriy markazi. 440 m balandlikda joylashgan. Viloyat markazidan 25 km uzoqlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Margʻilon (14 km). Aholisi 1,5 ming kishi (2002). Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Qishloq hududidan Margʻilon, Fargʻona, Andijon shaharlari yoʻnalishida avtomobil yoʻllari oʻtgan. Langar qishlogʻiga 1860-yillarda asos solingan.

Margʻilondan Markaziy Fargʻonaga, choʻldan Margʻilonga keluvchilar oʻsha joyda toʻxtab, dam olib, soʻngra yoʻlga tushganlar. Shu bois „Langar“ (yoʻlovchi yoki karvon toʻxtaydigan manzil) soʻzi keyinchalik vujudga kelgan qishloq nomiga aylangan.

Langarda aloqa boʻlimi, umumiy taʼlim maktabi, agroiqtisod kasb-hunar kolleji, kutubxona, kasalxona, „Istiqbol yoʻli“ gazetasi, taxririyati binosi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Fargʻona viloyatidagi aholi punktlari Turkum:Yozyovon tumani