Maadi — eneolit davriga oid qadimgi dehqonchilik manzilgohi (miloddan avvalgi 4-ming yillikning 2-yarmi). Misr poytaxti Qohira yaqinidan topilgan. XX asrning 30-yillarida tekshirilgan. Maadidan burdoy, arpa qoldiqlari, kanakunjut donlari (kanakunjut moyi olingan), uy va yovvoyi hayvonlar, baliq suyaklari, mis hamda tosh qurollar, sopol idishlar, yorgʻuchoqlar, taqinchoqlar topilgan"" OʻzMEM-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Qohira tumanlari