thumb|Georgy Malenkov 1964 Georgiy Maksimilianovich Malenkov (1901.26.12, Orenburg — 1988.14.1, Moskva) — davlat arbobi, general-leytenant (1943). Turkiston fronti siyosiy boshqarmasida xizmat qilgan (1920-1921). 1939-1946 va 1948-1953 yillarda KPSS MK kotibi. 1953—1955 yillarda SSSR Ministrlar Soveti raisi, 1955—1957 yillarda SSSR elektr stansiyalari vaziri. 1957-yilda Nikita Xrushchyovning siyosiy yoʻliga qarshi chiqqan (L. M. Kaganovich, Vyacheslav Molotov va boshqalar bilan birga). Iosif Stalinning yaqin safdoshlaridan, 1930—50 yillardagi ommaviy qatagʻonlarning faol tashkilotchilaridan biriOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:8-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1902-yilda tugʻilganlar Turkum:1988-yilda vafot etganlar Turkum:14-yanvarda vafot etganlar