Mangu Temur Oʻzbek— Oltin Oʻrda xoni (1266—82). Otasi Toʻgʻon, Botuxonning 2-oʻgʻli boʻlgan. Uning davrida moʻgʻullar Vizantiya (taxminan 1269—71), Litva (1275), Kavkaz (1277) ga harbiy yurishlar qilishgan. Bu yurishlarda ayrim rus knyazlari ham ishtirok etishgan. M. T. rus cherkovining Oltin Oʻrdaga soliq toʻlashdan ozod etilgani haqida birinchi boʻlib yorliq bergan. M. T. davrida genuyaliklarning Qrimdagi savdo koloniyasi (manzilgohi) — Kafa vujudga kelgan hamda tumanboshi Noʻgʻayning mavqei oshganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Kishilar Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Davlat yetakchilari Turkum:1282-yilda vafot etganlar Turkum:Oltin Oʻrda Turkum:Oltin Oʻrda hukmdorlari