Komil Mansurov (1948-yil, 9-noyabr, Toshkent tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Toshkent pedagogika institutining badiiy-grafika fakultetini tugatgan (1971). 1968—79-yillarda Toshkent viloyatidagi 27maktabda, 1979-yildan Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 63-maktabda rasm-chizmachilik oʻqituvchisi. Mansurov dars jarayonida ilgʻor va noanʼanaviy ish usullaridan foydalanadi. U rahbarlik qiladigan "yosh naqqoshlar" toʻgaragi aʼzolarining rasm, naqsh va uy-roʻzgʻor buyumlariga ishlagan naqsh namunalari tuman, shahar, respublika miqyosidagi koʻriktanlovlarda sovrinli oʻrinlarni egallaganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari Turkum:1948-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent tumanida tugʻilganlar