Mixail Nikitovich Markov (1910.17.10, Toshkent — 1985.14.8) — paxta terish mashinalari konstruktori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi (1964). "Tashselmash" zavodida katta texnik-konstruktor (1939—41), katta muhandis-konstruktor, katta muhandiskonstruktor guruhi rahbari (1941—46). Paxtachilik mashinalari boʻyicha Davlat maxsus konstruktorlik byurosida turli lavozimlarda ishlagan. (1946—85). M. rahbarligida SXM—48 markali dastlabki paxta terish mashinasi yaratildi (1949). M. 1964-yildan boshlab ishlab chiqarilgan ikki qatorli XT—1,2 markali, terish apparatlari old qismiga joylashtirilgan paxta terish mashinasining osma qurilmasi sistemasini ishlab chiqishda qatnashgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari Turkum:1910-yilda tugʻilganlar Turkum:1985-yilda vafot etganlar