Mashankoʻl — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanidagi koʻl. Qoʻngʻirot shahridan 20 km shim.da. Maydoni 10 km² ga yaqin. Gʻarbdan sharqqa 4 km, shim.dan jan.ga 2 km choʻzilgan. Oʻrtacha chuq. 2 m, eng chuqur joyi 3 m. M. yosh kul. XX asrning 2-yarmida Amudaryoning toshqin suvlaridan paydo boʻlgan. Suvi tiniq. Koʻl hududining 80% qamishzor. Turli baliq va ondatralar ovlanadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar