Aleksandr Danilovich Menshikov (1673–1729) — Pyotr I ning safdoshi, shavkatli knyaz (1707), generalissimus (1727). Saroy otboqarining oʻgʻli. 1700–1721-yillardagi Shimoliy urush davrida yirik sarkarda. 1718–24 va 1726–27 yillarda Harbiy kollegiya prezidenti. Yekaterina I davrida amalda davlat hukmdori. Imperator Pyotr II tomonidan Beryozov (hozirgi Tyumen viloyatidagi Be-ryozovo qishlogʻi)ga surgun qilinganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:16-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1673-yilda tugʻilganlar Turkum:23-noyabrda vafot etganlar Turkum:1729-yilda vafot etganlar Turkum:Rossiya kishilari