Mitan — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi shaharcha (1986-yildan). Tuman markazi (Ishtixon)dan 8 km, Samarqand shahridan 68 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (30 km). Aholisi 5,7 ming kishini tashkil etadi (2000). Mitan Nurota togʻ tizmasining Oqtov adirlari adogʻida, oʻrtacha 250 m balandlikda joylashgan. 1926—58 yillarda Mitan tumanining markazi boʻlgan. 1958-yilda Mitan tumani tugatilgach, Ishtixon tumani tarkibiga kirgan. "Mitan" soʻzi shaharcha hududida yashovchi oʻzbeklarning qad. "mitan" (muytan) urugʻi nomidan kelib chiqqan. M.da paxta tozalash zavodi, MTP, dehqon bozori, 2 ta umumiy taʼlim maktabi, iktidorli oʻquvchilar uyi, kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Bolalar kasalxonasi, tuman kasalxonasining terapiya boʻlimi, dorixonalar faoliyat koʻrsatadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar Turkum:Ishtixon tumani