Molukka orollari — Malay arxipelagining sharqiy qismidagi orollar guruhi. Indoneziya hududi. Sulavesi va Yangi Gvineya orollari oraligʻida. Maydoni 83,7 ming km². Shimoldan janub va janubi-sharqqa 1300 km maso-faga choʻzilgan. Yirik orollari: Xalmaxera, Seram, Buru. Yer yuzasi togʻlik, eng baland joyi — 3019 m, Binaya togʻi (Seram orolida). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Vulkan koʻp. Iklimi ekvatorial, janubida subekvatorial iqlim. Sohillarida temperatura 25—27°. Yillik yogʻin 800– 2000 mm, togʻlarda 4000 mm gacha. Molukka orollarining 80% dan ortiq hududi doim yashil va barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar bilan band. Pasttekisliklarda butazorlar uchraydi. Orol faunasi Sharqiy Osiyo va Avstraliyaga xos hayvon turlaridan iborat. Sholi, makkajoʻxori, ziravorlar ekiladi. Kokos palmasi plantasiyalari bor. Bosh shahri va porti — Ambon (Ambon o.da)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Arxipelaglar Turkum:Janubiy-Sharqiy Osiyo