Hayot Naimov (1912.21.03 — Buxoro — 1995.14.02) — aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Buxoro musiqa bilim yurtini tugatgan (1930). Buxoro teatrida sozanda (1930—1941), aktyor (1941—78), rejissyor yordamchisi (1978—1986). Hayot Naimov kuproq hajviy aktyor sifatida tanilib, oʻzbek xalq masharabozlik teatrining ijrochilik anʼanalarini davom ettirgan. Rang-barang satirik va dramatik obrazlar yaratib, sahna sanʼatida oʻziga xos ijro uslubi bilan iz qoldirdi. Qozi (Hamz a, "Maysaraning ishi"), Vali (U. Hojibekov, "Arshin mol olon"), Shmaga (A. Ostrovskiy, "Aybsiz aybdorlar"), Mansur (Uygʻun, I. Sulton, "Alisher Navoiy"), Zargarov (Abdulla Qahhor, "Ogʻriq tishlar"), Mirzakarimboy (Oybek, "Qutlugʻ qon"), Hoshim labbay (S. Gʻani; F. Soliyev, "Tuy"), Toshbolta (H.Gʻulom; M. Leviyev, "Toshbolta oshiq"), Mulla Bashir (S. Jamol, "Guli siyoh") kabi obrazlar bilan elga tanildiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:1995-yilda vafot etganlar Turkum:21-martda tugʻilganlar Turkum:14-fevralda tugʻilganlar Turkum:Buxoroda tugʻilganlar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:1941-yilda vafot etganlar