Neapol — Italiyaning jan. qismidagi shahar. Neapol qoʻltigʻi sohilida, Vezuviy vulkani etagida joylashgan. Kampaniya viloyati va Neapol pro-vinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakat janubidagi muhim iqtisodiy va madaniy markaz. Aholisining soni boʻyicha mamlakatda 3-oʻrinda (2001-yilda 993,3 ming kishi), atrofidagi shaharlar bilan birga Katta Neapol aglomeratsiyasini tashkil etadi. Transport yoʻllarining yirik tuguni, dengiz porti (yiliga 15 mln.t yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Katta N. — yirik sanoat markazi: neftni kayta ishlash, neft kimyosi, metallurgiya, mashinasozlikning turli sohalari (jumladan, kemasozlik, pri-borsozlik, stanoksozlik, samolyotsozlik, avtomobilsozlik), elektrotexnika va radioelektronika sanoatlari rivojlangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, qogʻoz, sement sanoati korxonalari mavjud. N. — xalqaro turizm markazlaridan boʻlgani sabab-li, aholining koʻp qismi xizmat koʻrsatish sohasida band. N.daun-t, vulkanologiya st-yasi, rasadxona, opera va drama teatrlari, milliy muzey, ba-diiy galereya, botanika bogʻi, dengiz akvariumi bor.
N.— qadimda yunonlar qishlogʻi boʻlgan. Miloddan avvalgi 327—326 yillarda Rim imperiyasi egallagan. N. — Italiyanint qad. yunon madaniyat markazlaridan biri boʻlgan. 1193-yilda Sitsiliya qirol-ligiga qoʻshib olingan, 1266-yildan uning poytaxti. 1282—1442 va 1501— 04 yillarda Neapol qirolligi poytaxti. 1860-yildan Birlashgan Italiya qirolligi tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklardan ilk xristian katakombalari (II—V asrlar), qasrlar (XII—XV asrlar), gotika cherkovi (XIII asr), sobor (XIII—XX asrlar), saroylar, monastir va boshqa saqlangan. Harbiy dengiz bazasi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Tarixiy mamlakatlar poytaxtlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Italiya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar