Ravon — Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Soʻx tumaniga qarashli qishloq, tumanning maʼmuriy markazi. Soʻx daryosining oʻng sohilida joylashgan. Viloyat markazi (Fargʻona)gacha — 94 km. Aholisi 5,9 ming kishini tashkil etadi (2003). Soʻx daryosidan suv oladi. Ravonda tuman tashkilotlari, umumiy taʼlim maktablari, litsey, dehqon bozori, markaziy stadion bor. Madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar Turkum:Oʻzbekiston aholi punktlari Turkum:Fargʻona viloyati Turkum:Fargʻona viloyatining shahar tipidagi aholi punktlari Turkum:Soʻx tumani Turkum:Soʻx tumani aholi punktlari