thumb

Svyatoslav Teofilovich Rixter (20-mart 1915, Jitomir — 1-avgust 1997, Moskva) — rus pianinochisi. Xalq artisti (1961), Mehnat Qahramoni (1975). XX asr musiqa ijrochilik sanʼatining atokli namoyandasi, ulkan ijodiy qudrat, yorqin oʻziga xosligiga ega sanʼatkorJean-Pierre Thiollet, 88 notes pour piano solo, "Solo nec plus ultra", Neva Editions, 2015, p.50. ISBN 978 2 3505 5192 0.. Musiqadan ilk saboklarni otasidan olgan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1946). Ijodiga yuksak badiiy taʼsirchanlik, teran mazmundorlik va badiiy yaxlitlik xos. Nihoyatda keng repertuaridan mumtoz va XX asr kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. 1934-yilda ilk yakka konsert bergan. 60 yillik ijrochilik faoliyati davomida Yevropa, Osiyo (jumladan, bir necha marta Oʻzbekistonda ham), Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Davlat mukofoti (1950), Rossiya Davlat mukofoti (1995) laureatiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1915-yilda tugʻilganlar Turkum:20-martda tugʻilganlar Turkum:1-avgustda vafot etganlar Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari