Lawrence Edward Page (, 1973-yil 26-martda tugʻilgan) – amerikalik biznesmen, kompyuter muhandisi va internet-tadbirkori, Sergey Brin bilan birga Google asoschisi.

1997-yildan 2001-yil avgustigacha va 2011-yilning aprelidan 2015-yilning iyuligacha Google kompaniyasining bosh ijrochi direktori boʻlgan. 2019-yil 4-dekabrgacha oʻzining hammuassisi Brin bilan birga kompaniyadagi barcha rahbarlik lavozimlarini egallagan. Alphabet boshqaruv kengashi aʼzosi va nazorat paketi egasi boʻlib qolgan.

2023-yil noyabrdagi Bloomberg milliarderlar indeksiga koʻra, Page 116 milliard dollarga teng boyligi bilan dunyodagi sakkizinchi eng boy odamdir. Shuningdek, Kitty Hawk va Opener uchar avtomobil startaplariga sarmoya kiritgan.

Page 2004-yilda Brin bilan birga „PageRank“ startapi uchun Markoni mukofotiga sazovor boʻlgan.

Manbalar

Havolalar Qisqa biografiyasi Forbes.com saytidagi sahifasi

Turkum:AQSh milliarderlari Turkum:IT Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik olimlar Turkum:Amerikalik informatiklar