„Gli odori dei mestieri“ () — italyan yozuvchisi va shoiri Gianni Rodari yozgan sheʼr. Ilk bor 1950-yil Rodarining „Il libro delle filastrocche“ nomli toʻplamida eʼlon qilingan. Sheʼrda har bir ishxona oʻziga xos hidga ega ekanligi haqida hikoya qilinadi.
1952-yil Samuil Marshak sheʼrni rus tiliga „Chem paxnut remyosla?“ () nomi bilan tarjima qilgan. Sovet Ittifoqida sheʼr yillar davomida oʻnlab toʻplam tarkibida va alohida kitob oʻlaroq chop etilgan va keng shuhrat qozongan. Sheʼrning ayrim nashrlari illyustratsiyali sheʼriy toʻplam oʻlaroq, ayrimlari esa boʻyash albomi oʻlaroq chop etilgan. Shuningdek, sheʼr asosida diafilm hozirlangan.
Manbalar
Havolalar „Gli odori dei mestieri“ sheʼri „Chem paxnut remyosla?“ asosida tayyorlangan diafilm
Turkum:Sheʼriy kitoblar