Shota Rustaveli koʻchasi – Toshkentning markaziy koʻchalaridan biri. Koʻchaning uzunligi taxminan 6,5 kilometrni tashkil etadi va oʻrta asrlarda koʻcha Toshkent Samarqand bilan bogʻlovchi yoʻl boʻlgan. Ilgari „Shota Rustaveli“ koʻchasi „Zangiota koʻchasi“ va „Dala hovli koʻchasi“ deb atalaganInformation about the street kartalogiya.ru Retrieved 2016-04-03..
Tarixi
„Shota Rustaveli koʻchasi“ birinchi marta XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi davrida „Dala hovli koʻchasi“ nomi bilan tashkil etilgan. U birinchi ochilganda koʻcha Turkiston bogʻiga oʻtish joyi boʻlgan, bir necha yildan soʻng koʻcha nomi „Zangiota“ deb oʻzgartirildi. Ammo 1938-yilda u hozirgi nomiga oʻzgartirildi va gruzin shoiri va yozuvchisi Shota Rustaveli sharafiga qayta nomlandi. 1930-yillarning oxirlarida hukumat tomonidan yangi va zamonaviy binolar qurila boshlandiRenaming the streets in Tashkent (2009 year) legal-force.uz Retrieved 2016-04-03.. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach, 1991-yilda shaharning 4 kilometrga yaqin boʻlgan katta qismi oʻzbek shoiri Usmon Nosir nomi bilan ataldi. Biroq 2000-yildan keyin u oʻzining eski nomiga oʻzgartirildi va „Shota Rustaveli koʻchasi“ deb ataldiRenaming the streets of Tashkent in the year of 2014 goldenpages.uz Retrieved 2016-04-03..
Diqqatga sazovor obyektlari
„Shota Rustaveli koʻchasi“ Toshkent shahrining goʻzalligi, ijtimoiy-iqtisodiy taʼsiri va madaniy hayotida muhim oʻrin tutadi. Bu yerda mahalliy aholiga xizmat qiladigan bir qancha muhim bino va inshootlar mavjud boʻlib, ulardan ayrimlari „Doʻstlik bogʻi“, "Grand Mir mehmonxonasi"Business map of Tashkent mg.uz Retrieved 2016-04-03., „Toshkent viloyat sudi“, „Orolni qutqarish xalqaro fondi binosi“Official web site of the fund Retrieved 2016-04-03., „Shveysariya elchixonasi“Golden Business page goldenpages.uz Retrieved 2016-04-03., „Saodat“ savdo markaziGoogle Maps Retrieved 2016-04-03. va boshqalar hisoblanadiBusiness card of Tashkent mg.uz Retrieved 2016-04-03.. 1987-yilda Oʻzbekiston hukumati buyurtmasi bilan Shota Rustaveli haykalini professional haykaltarosh R.Nemirovskiy yasagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, rus xalq shoiri Aleksandr Pushkin haykali ham „Shota Rustaveli koʻchasi“ga koʻchirildi va u joylashgan Teatr maydoni Pushkin maydoni deb qayta nomlandi.
Manzili
„Shota Rustaveli koʻchasi“ Toshkent shahrining janubiy qismida joylashgan boʻlib, u Toshkent shahrining koʻplab katta va asosiy koʻchalari – „Shahrizabz koʻchasi“ va „Yangi Sergeli“ koʻchasi bilan bogʻlanadi. „Shota Rustaveli koʻchasi“ Toshkentning Yakkasaroy tumanida tarkibiga kiradiShota Rustaveli street mg.uz Retrieved 2016-04-03..
Jamoat transporti
„Shota Rustaveli koʻchasi“ dan har kuni minglab odamlar oʻtadi va transport koʻchaning muhim tizimidir. „Shota Rustaveli koʻchasi“ orqali oʻtadigan bir qancha avtobus va mikoavtubslar mavjud boʻlib, ular quyidagicha koʻrsatilgan:
Avtobus yoʻnalishlari: 2, 12, 18, 33, 38, 40, 48, 57, 58, 69, 80, 81, 90, 98, 131, 134, 135 Mikroavtobus yoʻnalishlari: 12I, 71, 88, 98.
Jamoat transporti loyihalari
2001-yilda foydalanishga topshirilgan Toshkent metrosining Yunusobod yoʻlini Mingoʻrik bekatidan Shota Rustaveli koʻchasi boʻylab Janubiy vokzalga qadar davom ettirilishi rejalashtirilgan edi. Koʻchada Yunusobod yoʻlining toʻrtta bekati – Bobur, Toʻqimachi, Usmon Nosir, Janubiy bekatlari qurilishi loyihaga kiritilgan, biroq hali qurilmagan.
2022-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Tblisi meri Kaxa Kaladze va Gruziya bosh vaziri Irakliy Gariboshviliga Toshkent shahar hokimligi vakillari Shota Rustaveli koʻchasi boʻylab tramvay harakatini qayta tiklashni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan.
Galereya
Manbalar
Turkum:Toshkent koʻchalari