Maha Vajiralongkorn Bodindradebayavarangkun (, 1952-yil 28-iyul) – Tailand qiroli.

U shoh Bhumibol Adulyadej va Qirolicha Sirikitning yagona oʻgʻli. 1972-yilda, 20 yoshida shahzoda boʻldi. Otasi 2016-yil 13-oktyabrda vafot etgandan keyin, 1-dekabr kuni taxtga oʻtirdi. Chakri dinastiyasining oʻninchi monarxi sifatida Rama X deb ham ataladi. Oʻsha paytda 64 yoshda boʻlgan Vajiralongkorn tailandning taxtiga chiqqan eng keksa monarx boʻldi. Dunyodagi eng boy monarx hisoblanadi, uning boyligi 30 milliard dollardan ortiq.

Hayoti Vajiralongkorn 1952-yil iyul kuni Bangkokdagi Dusit saroyida tugʻilganราชกิจจานุเบกษา, ประกาศสำนักนายกรัฐมนตรี เรื่อง ให้หยุดราชการและชักธงชาติเนื่องในการที่พระราชกุมารประสูติ , เล่ม 69, ตอนที่ 49, 12 สิงหาคม พ.. Tugʻilganidagi ismi Vajiralongkorn Boromchakrayadisorn Santatiwong Thewetthamrong Subhoribal Abhikkunupakornmahitaladulyadej Bhumibolnaretwarangkun Kittiskhatombunsawangwat Boromtiyarajakumarn boʻlgan.

1956-yilda Dusit saroyidagi Chitralada boshlangʻich maktabiga bordi. Buyuk Britaniyadagi xususiy maktablar: Kingʻs Mead, Seyford, Sussex, va keyinchalik Somerset Millfield maktabida oʻqigan. 1970-yil iyul oyida oʻrta taʼlimini tugatgan. 1970-yil avgust oyida Avstraliyaning Sidneyddagi Kingʻs maktabida besh haftalik harbiy oʻquv kursida ishtirok etdi.

1972-yilda Avstraliyaning Kanberra shahrida joylashgan Duntroon Royal harbiy bilim yurtiga oʻqishga kirdi. 1976-yilda leytenant unvoni bilan bitirgan. 1982-yilda Sukhothai Thammathirat universitetida bakalavr darajasini oldi.

Vajiralongkorn 1972-yil 28-dekabr kuni Ananta Samakhom Tahon zalida shahzoda etib tayinlandi va Chakri sulolasining uchinchi shahzodasi boʻldi.

Oʻqishni tugatgandan soʻng Tailand armiyasi ofitseri boʻldi. Harbiy faoliyatini Armiya maʼlumotlari boshqarmasida xodim sifatida boshladi. 1977-yilda Qoʻmondonlik akademiyasiga oʻqishga kirdiพระราชกรณียกิจ : ด้านทหารพระราชกรณียกิจด้านการทหารและการบิน สมเด็จพระเจ้าอยู่หัวมหาวชิราลงกรณ บดินทรเทพยวรางกูร รัชกาลที่ ๑๐. 1978-yilda 1-piyoda polki komandiriga aylandiสมเด็จพระเจ้าอยู่หัว ร.. 1992-yilda Qirollik xavfsizlik qoʻmondonligining komandiri boʻldiพระราชกรณียกิจ รัชกาลที่ ๑๐ „ด้านการทหารและการบิน“.

Boeing 737-400 havo kemasining malakali harbiy uchuvchisi. Shohlik marosimlarida va ommaviy uchrashuvlarda muhim oʻrinni egallagan. 2007-yilgi Osiyo oʻyinlarini rasmiy ravishda ochib bergan.

1977-yil 3-yanvarda Vajiralongkorn onasi tomonidan qarindosh boʻlgan Somassavali Kitiyakara (1957-yilda tugʻilgan) bilan nikohlandi. Ularning bir qizi bor. 1970-yillarning oxirida aktrisa Yuvadhida Polpraserth bilan yashashni boshladi va hozir undan besh farzandi borNonthaburi Family Court, Documents of Case #79/2536, 14 January 2007.

Shajarasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Tailand monarxlari Turkum:Yashayotgan insonlar