Akbar Mirzoyev (, 1939) – Tojikiston Bosh vaziri (1992).

Biografiyasi Akbar Mirzoyev 1939-yil Nurekda tugʻilgan.

1960-yil Tojikiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

1960-1963-yillarda Sovet armiyasida xizmat qilgan.

1963-yildan 1974-yilgacha melioratsiya va suv resurslari tizimida ishlagan.

1987-yili Koʻlob viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

1988—1990-yillari Tojikiston Xatlon viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi.

1991-yilgi prezidentlik saylovida Rahmon Nabiyevni qoʻllagan, soʻng Nabiyev hukumatining raisi boʻlgan.

1992-yil 29-avgustda – Tojikiston Respublikasining Germaniyadagi Muvaqqat ishlar vakili etib tayinlandi. 1994-2001-yillarda – Tojikiston Respublikasining Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi boʻlgan.

2007-yilda Tojikiston xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi etib tayinlandi.

Manbalar