William Ewart Gladstone (; 29.12.1809, Liverpul — 19.5.1898) — anliyalik davlat arbobi, 41-chi (1868—1874), 43-chi (1880—1885), 45-chi (1886) va 47-chi (1892—1894) Birlashgan Qirollik Bosh vaziri.
Biografiyasi 1832-yilda Oksford universitetini tugatgan. Oʻqishni bitirib, Italiyaga safar qilgan. Angliyaga qaytgach, Henry Pelham-Clinton tavsiyasi bilan torilar partiyasidan parlament aʼzoligiga nomzod boʻldi. 1834-yilda gʻaznachilik kichik lordi etib tayinlandi. 1835-yilda koloniyalar vazirining yordamchisi. 1841-yilda Angliya savdo vazirining oʻrinbosari. 1843-yilda 33 yoshli Gladston mamlakat bosh vazirining kabineti aʼzosi boʻldi va savdo vaziri etib tayinlandi. 1845-yilda koloniyalar vaziri. 1847-yilda deputat etib saylandi. 1852-yilda moliya vaziri. 1868-yilda Birlashgan Qirollik Bosh vaziri etib saylandi va 1874-yilda lavozimidan ketib, muxolifatga oʻtdiBulgarian horrors and the question of the east by W.E. Gladstone.Bulgarian horrors and the question of the east by W.E. Gladstone. 1880-yildan 1885-yilgacha 2-marta Birlashgan Qirollik Bosh vaziri. 1886-yil 1-fevraldan 20-iyulgacha 3-marta Birlashgan Qirollik Bosh vaziri. 1892-yildan 1894-yilgacha 4-marta Birlashgan Qirollik Bosh vaziri.
Asarlari „:en:Studies on Homer and Homeric Age“. „Homeric Synchronism“ „Gleaning of Past Years“.
Manbalar
Turkum:Bolonya universiteti faxriy doktori