Erna Solberg (, 24-fevral 1961-yil, Bergen) – Norvegiya davlat va siyosat arbobi. 2004-yildan Norvegiya Konservativ partiyasi rahbari. 2013-yil 16-oktyabrdan 2021-yil 14-oktyabrgacha Norvegiya Bosh vaziriErna Sulberg.Pravotsentrist Erna Sulberg stala novim premer-ministrom NorvegiiDette er utfordringene som møter de nye statsrådene..

Biografiyasi Erna Solberg 1961-yilda Bergen shahrida tugʻilgan. Maktabda oʻqiyotganda disleksiya tufayli bir qator qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Maktabda orkestrda oʻynadi va pianino darslarini oldi. Maktabni tugatgandan soʻng Bergen universitetiga oʻqishga kirdi va 1986-yilda sotsiologiya va siyosatshunoslik fakultetini tamomladi.

Yoshligidan Konservativ partiyaga aʼzo boʻldi va tez orada birinchi navbatda yoshlar qanoti, soʻngra partiyaning oʻzi rahbariyatiga kirdi. 1989-yildan Stortingning (Norvegiya parlamenti) doimiy aʼzosi.

2001 yilda u Kjell Magne Bunnevik hukumatida kommunal xizmatlar vaziri boʻldi. Hukumatda ishlagan. Oʻzini irodali va maqsadli siyosatchi sifatida koʻrsatdi va 2004-yil 9-mayda Konservativ partiyani boshqardi.

2013-yil sentabrida Norvegiyada boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida toʻrtta oʻng partiyalar ittifoqi koʻpchilikni qoʻlga kiritdi. Norvegiya Bosh vaziri Jens Stoltenberg isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. 16-oktyabrda bu lavozimni Erna Solberg egalladi.

2021-yilda isteʼfoga chiqdi.

Erna Solberg 1996-yilda Sindre Finnes bilan turmush qurgan. Ularning bir oʻgʻil va qizi bor.

Manbalar

Turkum:Ayol bosh vazirlar Turkum:Yashayotgan insonlar