„Yuragim“ (toʻliq nomi Yuragim (Happy Birthday)) — „Dado“ oʻzbek dueti ijro etgan qoʻshiq. 2000-yil guruhning „Y?“ deb nomlangan ilk studiyaviy albomining beshinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq pop musiqa janrida boʻlib, 2000-yillarning birinchi yarmida Oʻzbekistonda hamda qoʻshni respublikalarda eng keng ommalashgan xitlar safiga kiradi.

„Yuragim“ qoʻshigʻi lya-bemol tonalligida kuylangan. Ashulaning bandlari davomida akustik gitara yordamida chalingan riff tinglovchilarga yaxshi tanish. Qoʻshiq asosan oʻzbek tilida kuylangan, ammo ikkinchi naqarotdan keyingi oʻtish ingliz va rus tillarida ijro etilgan.

Qoʻshiqning ikki xil versiyasi mavjud. Eng keng tarqalgan versiya gitarada ijro etilgan kuy bilan boshlanadi. Ikkinchi versiya esa vokal bilan boshlanadi. Shuningdek, bu versiyada ikkinchi naqarotdan keyin ingliz va rus tillarida kuylangan oʻtish hamda yakuniy naqarot shoʻx disko musiqa janrida ijro etilgan.

„Dado“ guruhi 2008-yilda oʻz faoliyatini tugatganidan keyin toʻrt yil oʻtib chiqarilgan, 7-trekdan iborat „Kosmonavti“ () maksi-singli bilan „Yuragim“ qoʻshigʻining remiksi eʼlon qilingan.

Manbalar

Havolalar

„Yuragim“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida „Yuragim“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida

Turkum:Dado qoʻshiqlari Turkum:2000-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar