Usmon Qudratovich Toshev (1965-yil 23-sentyabr, Buxoroda tugʻilgan) – sovet va oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Hozir OFK va FIFA futbol instruktori.

Faoliyati Oʻyinchi sifatida Buxoro oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Buxoroning „Yosh kuch“ klubi yoshlar jamoasida oʻynagan. 1985—1987-yillarda Zarafshon klubida toʻp surgan. 1987-yilda Buxoro davlat universitetining sport taʼlimi yoʻnalishini tamomlagan. 1988-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibida oʻynagan. 1989—1991-yillarda Buxoroning „Nurafshon“ jamoasi sharafini himoya qilgan.

1992-yilda Rossiya Volgodonskning „Atommash“ jamoasida oʻynagan. Oʻsha yili, shuningdek „Nurafshon“ safida ham toʻp surgan. 1992—1993-yillarda Vengriyaning „Solnok“ klubi safida maydonga tushgan.

1994—1998-yillarda „Buxoro“ klubi futbolchisi boʻlgan. 1998-yilda Gretsiyaning „Keratsini“ klubi sharafini himoya qilgan. 1999-yili „Buxoro“ klubida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

1994-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Tojikiston va Qirgʻiziston terma jamoalariga qarshi kechgan uchrashuvda ikkita oʻyinda maydonga tushgan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, 2000-yilda „Buxoro“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan va 2008-yilgacha klubni boshqargan. 2002-yilda parallel ravishda Buxoro shahrida oʻtkazilgan „Universiada-2002“ talabalar respublika oʻyinlarida Buxoro viloyati futbol jamoasini boshqargan va musobaqada Buxoro viloyati futbol jamoasi chempionlikni qoʻlga kiritgan.

2005-yilda PRO murabbiylik litsenziyasini olgan. 2006-yilda bir muddat rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy boshchiligida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. 2008-yilda Qarshining „Nasaf“ klubida vaqtincha bosh murabbiy vazifasida faoliyat yuritgan. 2009-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasini boshqargan.

2009—2011-yillarda Toshkentning „Spartak“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. 2011-yilda Qarshining „Nasaf“ klubida menejer va sport direktori lavozimlarida ishlagan. 2012-yilning may oyidan noyabrigacha ushbu klubni boshqargan. 2013-yilda Buxoroning „Spartak“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan.

2014—2015-yillarda Afgʻoniston Premyer-ligasida ishtirok etuvchi Afgʻonistonning „De Mayvand Atalan“ klubiga bosh murabbiy etib saylangan. 2017-yilda oʻsha paytda Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etgan „Andijon“ klubini boshqargan va mavsum yakunida klub ushbu ligada 3-oʻrinni egallagan.

2018-yilda bir muddat Oʻzbekistonning 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasini boshqarib, CAFA yoshlar turnirida gʻolib chiqqan. 2018-yilning ikkinchi yarmida Afgʻonistonning „Tufan Xerirud“ klubini boshqargan va jamoa 2018-yilda Afgʻoniston Premyer-ligasida gʻolib chiqqan.

2018-yilning noyabr oyida Tojikiston olimpiya (yoshlar) terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan, biroz vaqt oʻtib bir vaqtning oʻzida Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

2024-yil 21-oktyabrda Afgʻoniston futbol federatsiyasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan va Afgʻoniston terma jamoasiga bosh murabbiy boʻlgan.

Yutuqlari Futbolchi sifatida Buxoro safida: Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (1): 1994-yil. Murabbiy sifatida

Buxoro viloyati jamoasi bilan Universiada chempioni: 2002-yil

Oʻzbekiston (16 yoshgacha) CAFA yoshlar turniri gʻolibi: 2018-yil

Tufan Herirud Afgʻoniston Premyer-ligasi chempioni: 2018-yil Bosh direktor sifatida

Nasaf AFC kubogi sohibi: 2011-yil Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2011-yil Futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011-yil

Manbalar

Havolalar

Usmon Toshev Footballfacts.ru saytida Usmon Toshev National-football-teams.com saytida Usmon Toshev Transfermarkt.com saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Buxorolik sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli yarim himoyachilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:FC Atommash futbolchilari Turkum:Szolnoki MÁV FC futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari Turkum:Shoʻrtan klubi murabbiylari Turkum:Andijon futbol klubi murabbiylari Turkum:Buxoro klubi murabbiylari Turkum:Nasaf futbol klubi murabbiylari Turkum:Tojikiston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Afgʻoniston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Vengriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi Oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Buxoro davlat universiteti bitiruvchilari