Arslon Sobirovich Talipov (1975-yil 15-avgust, Fargʻona viloyati) — oʻzbek futbolchisi, hujumchisi va yarimhimoyachisi. Oʻzbekiston (1997) va Turkmaniston (2000) chempioni.
Biografiyasi Toshkent RUOR va „Paxtakor“ yoshlar klubi tarbiyalanuvchisi. 1991-yilda „Paxtakor“ klubi zaxira jamoasining aʼzoligiga qabul qilingan.
SSSR parchalanganidan soʻng bir necha yillar davomida Oʻzbekiston oliy va birinchi liga klublarida toʻp surgan. Oliy ligada 1992-yili „Chirchiq“ safida debyut qilgan. 1992-yilning 31-martida mamlakat chempionati 2-tur bahslarida „Marokand“ga qarshi kechgan (1:2) uchrashuvda ilk golini urgan. 1994-yilgi mavsumda „Chirchiq“ safida 10 ta gol urishga erishgan.
1995-yilda birinchi mavsumni professional darajada oʻtkazgan Arslon Rossiyaning „Amkar“ jamoasiga taklif qilinadi va „Amkar“ klubi bilan uchinchi liga zona turniri gʻolibiga aylanadi. Futbolchi ushbu mavsumda 10 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurariga aylangan(boshqa maʼlumotlarga koʻra 11 ta gol urgan). Keyingi yili ham ikkinchi ligada „Amkar“ safida oʻynashda davom etgan.
1997-yilda Oʻzbekistonga qaytib, „MHSK“ klubi safiga qoʻshiladi va jamoadoshlari bilan mamlakat chempionligini qoʻlga kiritadi. Keyingi yili jamoa moliyaviy muammolarga duch kelganligi bois, jadvalning eng quyi pogʻonasidan joy oladi va Tolipov 1998-yilning avgust oyida qisqa muddatga „Amkar“ga qaytishga qaror qiladi. Shu yili „Amkar“ safida ikkinchi divizion zona turniri gʻolibligini qoʻlga kiritadi.
2000-yilda Turkmanistonning „Kopetdag“ jamoasiga oʻtib, u yerda Turkmaniston chempioni boʻlgan, shuningdek, 12 gol bilan toʻpurarlar bahsida ikkinchi oʻrinni egallagan. Biroz muddat oʻtib, sobiq SSSR futbolchilari bilan birgalikda Hindistonning ikkinchi divizionida „Dempo“ tarkibida toʻp surgan. „Dempo“ safida ham 10 ga yaqin gol urgan, shu jumladan „Sporting Clube de Goa“ bilan kechgan oʻyinda „poker“ kiritganIndia 2000/01 // rsssf.com.
Oʻzbekistonga qaytganidan soʻng 2003-yilgacha oliy liga klublarida toʻp surgan, keyin bir necha yil birinchi ligada oʻynagan.
Talipov Oʻzbekiston oliy ligasida jami 140 ta oʻyin oʻtkazib, 31 ta gol urgan.
Yutuqlari Oʻzbekiston chempioni: 1997-yil Turkmaniston chempioni: 2000-yil Rossiya ikkinchi divizioni gʻolibi: 1998-yil (Ural zonasi)
Manbalar
Havolalar
Arslon Talipov Transfermarkt saytida
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:NBU-Osiyo klubi futbolchilari Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari