Bahorning oʻn yetti lahzasi () — 1973-yilda sovet kinoijodkorlari Yulian Semyonov va Tatyana Lioznova tomonidan yozuvchi Yulian Semyonovning shu nomdagi romani asosida ishlangan teleserial.
Serialda bosh qahramon — Maks Otto fon Shtirlits (asl ismi — Maksim Isayev)ning Germaniya armiyasida josuslik bilan shugʻullanishi tasvirlangan. Shitrlits rolini aktyor Vyacheslav Tixonov ijro etgan. Shtirlits Germaniya hukumatini fashistlar egallashidan ancha oldin (1927-yilda) Germaniya sotsial-demokratik ishchi partiyasiga qoʻshiladi. Gitler hokimiyatga kelgach, nemis kontrrazvedkasiga ishga oʻtadi. U quvgʻin qilingan nemis ziyolilari va taʼqibga uchragan ruhoniylar orasidan bir nechta agentlarni yollaydi. Shtirlitsning asosiy vazifasi Germaniya Ikkinchi jahon urushida yengilayotgan bir davrda Gitlerning gʻarbiy ittifoqchilar bilan oʻtadigan muzokaralarini buzish va separat sulh tuzishga yoʻl bermaslik edi. Filmda voqealar 1945-yilning bahorida kechadi.
Serial hozirgacha yaratilgan eng muvaffaqiyatli triller va sovet tarixidagi eng mashhur teleseriallardan biri hisoblanadiMcDowell, Conger. P. 148.Zasursky. P. 133.Mehnert. P. 47.. Serialga ishlangan ikkita qoʻshiq: „Lahzalar“ va „Olis Vatandagi qoʻshiq“ juda mashhur boʻlgan.
Serial syujeti 1945-yil fevral, Germaniya. Maks Otto fon Shtirlits, Ostlend-SD tarkibida SS-shtandartenfyureri lavozimida ishlayotgan harbiy, (aslida sovet josusi Maksim Isayev) fashistik Germaniyaning soʻnggi kunlariga guvoh boʻlmoqda. Adolf Gitler Reyx taqdirini saqlab qolish uchun maslahatchilari Genrix Gimmler va Valter Shellenberg soʻzlariga kirib, AQSh bilan maxfiy ravishda muzokara olib borishga hamda gʻarbiy ittifoqchilar bilan separat sulh tuzishga intiladi. Shundagina, Germaniya hamma kuchlarini sovetlarga qarshi kurash uchun Sharqiy frontga toʻplay oladi. Shtirlits ushbu rejani astoydil buzishga kirishadi.
Shtirlitsga Moskva tomonidan amerikaliklar va nemislarning aloqalarini barbod qilish buyuriladi. Biroq uning yordamchilari boʻlgan radist Ervin va uning xotini Ket Kinnning uyi bombardimon qilinganda, uning vazifasi murakkablashadi. Ervin oʻldiriladi va uning homilador xotini kasalxonaga olib ketiladi. U ikkita yangi yordamchini — Germaniya qarshilik harakati sobiq aʼzosi professor Pleyshner va fashistik rejimni maʼqullamaydigan ruhoniy pastor Shlagni yollaydi. Shu bilan birga, Shtirlits Germaniya armiyasi bosh shtabidagi josusni fosh qilishga kirishgan Genrix Myullerga qarshi kurashishi hamda uning diqqatini boshqa narsaga chalgʻitishi lozim boʻladi. Shtirlits nemis generallari oʻrtasidagi hokimiyat uchun kurashdan ustalik bilan foydalanishga kirishadi.
Gimmler va Shellenberg neytral Shveysariyaga amerikalik tadbirkor va siyosatchi Allen Dalles bilan muzokara uchun Karl Volfni yuborganidan xabar topgach, Shtirlits fashistlarning vakolatli organlari vakillari oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni avj oldirishga muvaffaq boʻladi. Valter Shellenberg, Martin Borman, German Gering, Genrix Gimmler, Genrix Myuller, Yozef Gebbels va boshqa nemis rahbarlari orasiga nifoq solishga erishgan Shtirlits, AQSh bilan tuzilishi kerak sulhni chippakka chiqaradi. 1945-yil 24-martda oʻz vazifasiga qaytgan Shtirlits Stalinga ish muvaffaqiyatli bajarilganini yetkazadi, sovet askarlari esa Berlinga ancha yaqinlashib qolayotgan edi.
Rollarda oʻynagan aktyorlar
Vyacheslav Tixonov — Maks Otto fon Shtirlits Yevgeniy Yevstigneyev — rofessor Pleyshner Lev Durov — Klaus Nikolay Volkov — Ervin Kin Yekaterina Gradova — Ket Kin Oleg Tabakov — Valter Shellenberg Leonid Bronevoy — Genrix Myuller Mixail Zaxarkovskiy — Ernst Kaltenbrunner Nikolay Prokopovich — Genrix Gimmler Yevgeny Kuznetsov — Fridrix Kryuger Edvard Izotov — Rudolf Shmundt Vladimir Udalov — Vilgelm Burgdorf Rostislav Plyatt — pastor Shlag Yuriy Vizbor — Martin Borman Fritz Diez — Adolf Gitler Vasiliy Lanovoy — Karl Volf Alexey Safonov — Yurgen Rolf Konstantin Zheldin — Vilgelm Xoltoff Vilgelm Burmeyer — German Gering Vyacheslav Shalevich — Allen Dalles Vladimir Emelyanov — Vilgelm Keytel Alexey Boryashinov — Albert Shpeyer
Serialning xalq orasida kutib qilinishi
Efirga uzatilishi Seriya Asl efir sanasi1973-yilgi seriya davomiyligi2009-yilgi rangli versiyada davomiyligi Materialni kesish (%) 011973-yil 11-avgust 01:08:42 51:21 ~25 % 021973-yil 12-avgust 01:09:01 51:37 ~26 % 031973-yil 13-avgust 01:06:10 51:20 ~22 % 041973-yil 14-avgust 01:15:20 51:50 ~32 % 051973-yil 16-avgust 01:05:32 51:58 ~21 % 061973-yil 17-avgust 01:12:15 52:22 ~27 % 071973-yil 18-avgust 01:10:29 51:13 ~27 % 081973-yil 19-avgust 01:05:13 51:24 ~21 % 091973-yil 20-avgust 01:18:49 52:32 ~33 % 101973-yil 21-avgust 01:07:38 51:39 ~24 % 111973-yil 23-avgust 01:04:50 51:12 ~21 % 121973-yil 24-avgust 01:06:11 51:56 ~22 % 1973-yil 8-iyuldan 24-avgustgacha boʻlgan „Birnchi dastur“ kanali orqali efirga uzatilgan "Bahorning oʻn yetti lahzasi" seriali sobiq Sovet Ittifoqida juda mashhur boʻlgan. Klaus Mehnertning xabar berishicha, ilk namoyish etilgan paytda serial 50 mln.dan 80 mln.gacha tomoshabinni jalb eta olgan.Mehnert. P. 47.
Ivan Zasurskiy serialning jamoatchilik tomonidan qabul qilinishini shunday taʼrifladi: "Uning birinchi namoyishi paytida shahar koʻchalari boʻshab qolardi. Bu xokkey oʻyinlaridan koʻra koʻproq tomoshabinlarni oʻziga jalb etgandi"Zasursky. P. 133.. Serial qoʻyilgan vaqtda jinoyatchilik darajasisezilarli darajada kamaydiVorontsov. P. 314., elektr stantsiyalari bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarishni koʻpaytirishga majbur boʻldi, chunki koʻplab televizorlarning faollashishi elektr energiyasini isteʼmol qilishning oʻsishiga olib keldiMcDowell, Conger. P. 148.. Richard Staytes bu serial televideniye blokbasteri ekanini yozgan.
Aleksey Chernayevning soʻzlariga koʻra, sobiq SSSR Bosh kotibi Leonid Brejnev „Bahorning oʻn etti lahzasi“ning ashaddiy muxlisi boʻlgan va butun serialni yigirma marta tomosha qilganVolkogonov, Shukman. P. 306.. Entoni Olkottning taʼkidlashicha, Brejnev epizodlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy Qoʻmitasi yigʻilishlarini boshqa joyga koʻchirgani haqida mish-mishlar tarqalganOlcott. P. 5..
Mukofotlari 1976-yilda rejissyor Lioznova, operator Pyotr Katayev va bosh rol ijrochilari Vyacheslav Tixonov va Leonid Bronevoy Rossiya SFSR ning aka-uka Vasilyevlar nomidagi davlat mukofotiga sazovor boʻlishadi.
2009-yil 23-dekabrda, oʻlimidan ikki hafta oʻtgach, Tixonov Shtirlits obraziga hurmat sifatida Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining jangovar yordam uchun medali bilan taqdirlandiVyacheslav Tikhonov Posthumously Awarded. RIA Novosti, 23 December 2009..
Manbalar
Havolalar
Turkum:1973-yil filmlari Turkum:Sovet Ittifoqi filmlari Turkum:Rus tilidagi filmlar Turkum:Shtirlits Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar