"type": "FeatureCollection", "features": [

"type": "Feature", "properties": { "marker-color": "#000000", "marker-size": "medium", "marker-symbol": "hotel" }, "geometry": { "type": "Point", "coordinates": [ 69.24275988413086, 41.32905127310638 ]

] }

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi – Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod maktabi.

Ochilish tarixi Maktab 200 dan oshiq oʻquvchini qamrab olgan bo’lib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi „Buyuk oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy ijodining ulkan ahamiyatini inobatga olib, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, ajdodlarimizning maʼnaviy merosi bilan faxrlanish va iftixor tuygʻularini yuksaltirish hamda yozuvchi tavalludining 125 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida“gi farmoyishi tufayli tashkil etilgan. 2019-yil 26-dekabrdan boshlab, taʼlim muassasi oʻz binosiga ega boʻlgan. Maktab har yili 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarni qabul qiladi.

Taʼlim yoʻnalishlari Mazkur ijod maktabining boshqa maktablardan farqli tomoni shuki, unda oʻquvchilarga ona tili, adabiyot va chet tillari chuqurlashtirib oʻrgatiladi. Mashhur adiblar, yozuvchilar, shoirlar tomonidan muntazam mahorat darslari oʻtkazib kelinadi. Maktabda dramaturgiya, matnshunoslik, tarjimashunoslik, notiqlik sanʼati boʻyicha toʻgaraklar tashkil etilgan.

Manzili Maktab Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar koʻchasi, Abdulla Qodiriy istirohat bogʻi ichida joylashgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi ijod maktablari Turkum:2019-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar