Josip Juranović () (1995-yil 16-avgustda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Shotlandiya Premer -ligasining „Celtic“ klubi va Xorvatiya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Xorvatiyaning Zagreb shahrida tugʻilgan Juranović oʻz faoliyatini NK Xorvatiya Sesvete akademiyasida boshlagan. Akademiyadan soʻng uchinchi darajali Dubrava safidan oʻynagan. 2012—13-yilgi mavsumda oʻzining uchinchi darajali jamoasida debyutini oʻtkazgan, u birinchi boʻlib 2014-yil boshida havaskor futbolchilar uchun Nike Chance musobaqasining Xorvatiya bosqichida gʻalaba qozonib, Nike Akademy jamoasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan2014.03.05. — Josip Juranović Jopa — pobjednik projekta Nike Chance 2014. at Dubrava official site.

2015-yil boshida Hajduk Split bilan uch yarim yillik shartnoma imzolagan. Juranović dastlab uchinchi darajali B jamoasiga qoʻshilgan, oradan biroz vaqt oʻtib 2015-yil aprel oyida yangi murabbiy Goran Vuchevich tomonidan birinchi jamoaga chaqirilgan va u uning Prva HNL debyuti Rijekaga qarshi oʻyinda oʻtkazilganPoljud: Hajduk-Rijeka 1:2 Hajduk Split official site.

2018-yil iyun oyida Juranović 2017—18-yilgi mavsumdagi oʻyinlari uchun mavsumning Prva HNLning ramziy jamoasiga qoʻshilgan.

Celtic Juranović 2021-yil avgust oyida Varshavaning „Legiya“ klubidan Shotlandiya chempionatining „Celtic“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer narxi 2,5 million funtga baholangan. Oʻzining professional faoliyatining aksariyat qismini oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaganiga qaramay. Juranović oʻzining birinchi mavsumida „Celtic“ning penalti tepuvchi futbolchisiga aylangan, xususan, „ Real Betis“ Bayer Levurkuzen va ligada yana uch marta penaltidan gol urgan. Dekabr oyida u „Celtic“ning Hibernianga qarshi Liga kubogidagi gʻalabasida jamoasiga yordam bergan. Juranovićning „Celtic“ jamosining chempionlik himoyasiga qoʻshgan hissasi unga Shotlandiyaning PFA ligasida „Yilning eng yaxshi jamoasi“ tarkibidan joy olgan. 2022-yil 1-oktyabrda Motherwellga qarshi o‘yinda gol muallifiga aylangan.

Xalqaro faoliyati 2019-yilning 6-sentyabr kuni Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Tin Jedvayning jarohati sababli Juranovićni Yevro-2020 saralashi doirasidagi Slovakiya va Ozarbayjonga qarshi o‘yinga chaqirgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHajduk Split2014—2015Prva HNL6010———702015—201631140—30—3812016—201718030—40—2502017—201827020—40—3302018—201922020—40—2802019—202032210—10—342Jami1363130—160—1653Legia Warsaw2020—2021Ekstraklasa26130—20103212021—20222000—611091Jami28130—8120412Celtic2021—2022Shotlandiya Premierasi202003093—325Karyerada jami1846160303342023810

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Xorvatiya 2017 1 0 2018 0 0 2019 1 0 2020 3 0 2021 10 0 2022 6 0 Jami 21 0

Yutuqlari Legia Warshawa

Ekstraklasa : 2020-21

Celtic

Shotlandiya Premier-ligasi : 2021-22 Shotlandiya liga kubogi : 2021-22

Shaxsiy yutuqlari

Prva HNL mavsum jamoasi: 2017-18 PFA Shotlandiyada yilning eng yaxshi jamoasi (Premiership) : 2021-22

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari